Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ahmad Suvonqulov Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bugun, 22-oktyabr kuni viloyat hokimligida hokim To‘ra Bobolov ishtirokida faollar yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Shu kungacha bu lavozimda Alisher Amirov ishlab kelayotgandi, bugun u Sherobod tumaniga hokim bo‘lgan edi.

Ahmad Suvonqulov esa bungacha Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring