Surxondaryo viloyatida ham prokuror o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
S.Turdiyev tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan U.Qosimov avvalroq Farg‘ona viloyati prokurori etib tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter