Surxondaryoda 13 yoshli bola dovcha tergani uchun pichoqlandi

2021-yilning 12-aprel kuni soat 19:45larda 46 yoshli Sh.Ural Termiz shahar «Kokildor-ota» mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga yetmagan 13 yoshli T.Azizbek o‘ziga tegishli bo‘lmagan o‘rik daraxtidagi g‘o‘ra (dovcha)larni olayotganligini ko‘rib qoladi.
Unga ketishini aytib haydaydi va janjal vaqtida pichoq bilan voyaga yetmagan T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazadi.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.Azizbek hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.Uralga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter