Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda fermer 8 tup noyob qarag‘ayni kesib, 5 mln so‘mga pullab yubordi

Surxondaryoda fermer 8 tup noyob qarag‘ayni kesib, 5 mln so‘mga pullab yubordi

Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari o‘sib turgan ko‘p yillik 8 tup qarag‘ay daraxtini kesib, 551 million 100 ming so‘mga sotib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oltinsoy tumanining «Yakkatut» mahallasida joylashgan «O‘tkir Tosh Jilosi» fermer xo‘jaligi yer maydoni ko‘zdan kechirilganda ushbu fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T. fermer xo‘jaligi yer maydonida o‘sib turgan ko‘p yillik 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtini tumanning «Mirshodi» mahallasida yashovchi fuqaro A.S.ga 5 million so‘mdan oshiqqa sotib yuborgani aniqlangan.

Fuqarolarning o‘zaro kelishuviga asosan, A.S. o‘suvchanligini yo‘qotmagan ko‘p yillik noyob daraxt turlariga kiruvchi 8 tup eldor qarag‘ay daraxtlarini tag qismi bilan kesib olgan.

To‘plangan hujjatlar asosida hisob-kitob qilinganda, tabiatga jami 551 million 100 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring