Surxondaryoda futbol tugagach hakamlar kaltaklandi
Kecha, 26 avgust kuni O‘zbekiston ikkinchi ligasi Surxondaryo birinchiligida «Surxon Farm» 1:1 «Jarqo‘rg‘on» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng hakam va futbolchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi.
Chempionlik uchun kurashayotgan Jarqo‘rg‘onliklar hujum vaqtida uchrashuvni to‘xtatganligi uchun hakamga e’tiroz bildirishgan.
Surxondaryo IIB Axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lumot qilishicha, janjal milliy gvardiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Jabrlanuvchilarning arizalari qabul qilinib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter