Surxondaryoda «jihod»ga da’vat etgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda ijtimoiy tarmoqlar orqali «Hijrat» va «Jihod»ga da’vat qilib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda Sho‘rchi tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan mavjud ma’lumotlar asosida Sho‘rchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan
Unda shu tumanda yashovchi S.Bekmurod (ism sharif o‘zgartirilgan)ga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli «Samsung Galaxy J6» rusumli telefon apparati xotirasi va unda ochilgan internet ijtimoiy tarmoqdagi manzillari mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning raqamiga faollashtirilgan «Sadr Bekmurod» nomli Telegram akkaunti (akkaunt nomi shartli ravishda o‘zgartirilgan) mavjud bo‘lib, mazkur akkaunti orqali O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida taqiqlangan shaxslarning «Hijrat» va «Jihod»ga chorlovchi video va audio materiallarni telegramdagi ko‘plab yaqin aloqalariga tarqatib, da’vat qilib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 21 yanvar kuni fuqaro S.Bekmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter