Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv yetishmasligi hissiy buzilishlarga olib kelishi mumkin

Suv yetishmasligi hissiy buzilishlarga olib kelishi mumkin

Foto: Sport-ekspress

Suv inson organizmining yarmidan qo‘p qismini tashkil etadi. Hatto yengil suvsizlanish ham ko‘pgina kasalliklar, xatto kayfiyatingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bir ilmiy tajribada, odatda, kun davomida oz miqdorda suv ichgan ishtirokchilar, suv iste’molini ko‘paytirganda, o‘zlarini juda yaxshi his qilishdi.

Bu natijalar suyuqlik yetishmovchiligi tufayli metabolik jarayonlarning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Atigi 1,5 foiz suvsizlanish  ham aqliy jarayonlarning yomonlashishiga, shuningdek, immunitetning pasayishiga olib keladi.

Tana vazniga qarab, kattalar bir kunda 2-2,5 litrgacha suv ichishlari kerak. Har bir kilogramm vazn uchun 30-40 millilitrdan hisoblanadi.

Siz bir kunda qancha suv iste’mol qilasiz?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring