Suv va elektr uchun yig‘ilgan 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilarga qaytarildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.
Qo‘mita, xususan, «O‘zsuvta’minot» va «Hududiy elektr tarmoqlari» olgan 10 mlrd.dan ortiq summani iste’molchilarga qaytargan.
Misol uchun, «O‘zsuvta’minot» korxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda nazarda tutilgan narx shakllantirish talablari buzilganligi aniqlangan. Buning natijasida korxona tomonidan 7 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olingani ma’lum bo‘lib, tegishli ko‘rsatma berilgan va ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi va uning hududiy filiallari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi natijasida 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan va ijrosi ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter