Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiiy gaz qazib olish hajmini 1 mln. metr kubga oshiradigan qurilma ishga tushirildi

Tabiiy gaz qazib olish hajmini 1 mln. metr kubga oshiradigan qurilma ishga tushirildi

«O‘zbekneftgaz» Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» joylardagi ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari, konlar va quduqlardagi hozirgi ahvolni o‘rganmoqda.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Somontepa» konida 2-sonli «Somontepa» gazni dastlabki tayyorlash qurilmasidan 1-sonli Somontepa siquv kompressor stansiyasigacha uzunligi 33 km, diametri Ø-1020 mm. gaz quvurini montaj qilish hamda ichki imkoniyatlardan unumli foydalanib 2-sonli gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qisqa fursatda yakunlanib, ishga tushirildi.

Boshqaruv raisi va «Ishchi guruh» a’zolari shu munosabat bilan Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasining ish boshlashi arafasida o‘tkazilgan ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sohaga alohida e’tibor berayotgani va shaxsan qo‘llab-quvvatlanayotganini e’tirof etgan Mehriddin Abdullayev ushbu qurilishda ishtirok etgan barchaga o‘z tabrigini yo‘lladi.

Amalga oshirilgan ushbu qurilish ishlar natijasida kunlik qushimcha 1,0 mln kub. metr tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarib olishga erishilishi barobarida, qisqa fursatda bajarilgan ishlar Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholisiga yoqilg‘i-energetika mahsulotlarini barqaror yetkazib berish, neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarishning uzluksiz ishlashini, 2020 yilgi asosiy prognoz ko‘rsatgichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

2020 yilning 4 aprel kuni Boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan boshlangan «Somontepa» 2-sonli gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi va uzunligi 33 km., diametri Ø-1020 mm. gaz quvurining qurilish montaj ishlari, qisqa muddatda, ya’ni 2020 yilning 6 iyun kuni qurib bitkazildi.

Ma’lumot uchun: Qurilish montaj, jihozlash ishlari va qurilma uchun zarur bo‘lgan apparat va uskunalar «O‘zbekneftgaz» AJ neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari ichki imkoniyatidan foydalangan holda tanlanib, qurilish maydoniga olib chiqildi hamda qurilish-montaj ishlari qisqa muddatda amalga oshirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring