Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorni sarson qilgan iqtisodchi 13 mln so‘m jarimaga tortildi

Tadbirkorni sarson qilgan iqtisodchi 13 mln so‘m jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi «Davron» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligini o‘rganishda amaliy yordam so‘rab Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati Do‘stlik tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi yetakchi iqtisodchisi I.K. tomonidan joriy yilning 9 avgust kuni «Davron» MChJ tomonidan Zafarobod tumani Birlik, Lolazor va Uzun MFY hududida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga o‘rnatilgan ofis konteynerlari hamda 16-sonli maktab binosida sun’iy qoplamali kichik stadion qurilishi bo‘yicha amalga oshirgan qurilish-montaj ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgan hamda natijasi bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Jamiyatda o‘tkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi o‘rganilganda, iqtisodchi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya qilinmaganligi aniqlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5490-sonli Farmonining 5-bandiga ko‘ra, 2018 yil 1 sentyabrdan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

Biroq iqtisodchi tadbirkorlik sub’yektlarida tekshirishni amalga oshirish bo‘yicha maxsus guvohnomaga ega bo‘lsa-da, «Davron» MChJ tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimidan ro‘yxatga olmasdan o‘tkazgan, tekshiruv davomida uning qonunda belgilangan huquqlarini tushuntirmagan.

Shunga ko‘ra, vakil devoni tomonidan I.K.ga nisbatan MJtKning 241-2-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (13,2 mln so‘m) miqdorida  jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring