Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi

Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi

Tailand va Kambodja hukumatlari zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldilar. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ma’lum qildi.

«Har ikki davlat zudlik bilan va hech qanday shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi», – dedi u Kuala-Lumpurdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Ibrohim sulh mahalliy vaqt bilan 29-iyul kuni soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan 28-iyul 21:00)dan kuchga kirishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosi 24 iyul kuni ertalab keskinlashgan va ikki tomon o‘zaro artilleriya zarbalarini almashgan edilar.

Har ikki tomondan ham ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar bor, minglab odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring