Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taklif va tashabbus ustuvor...

Taklif va tashabbus ustuvor...

Joriy yil avgust oyida Davlat rahbari boshchiligida tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan Ochiq muloqotga tayyorgarlik ishlariga hozirdanoq qizg‘in tayyorgarlik boshlab yuborildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Toshkent viloyati hududiy sho‘basi tomonidan mazkur tadbirga tayyorgarlik doirasida tadbirkorlar bilan sohalar kesimida bevosita shu sohani muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli Davlat organlari mas’ullarini jalb etgan holda uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar umumiy ovqatlanish, xususiy ta’lim va davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritayotgan 300 dan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashilib, individual muammolarni bevosita joyida hal etish bilan birga, sohadagi tizimli muammo va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar olindi.

Boshqa sohalardagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan ham bu formatdagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring