Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar loyihalariga 100 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratiladi

Talabalar loyihalariga 100 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratiladi

Foto: Xabar.uz

Talabalarning OTM hududida amalga oshiriladigan loyihalarini moliyalashtirishga 100 mlrd. so‘m imtiyozli kredit resurslari ajratiladi. Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlariga o‘qigan davridagi faolligini ko‘rsatuvchi — ijtimoiy faollik elektron ilovasini berish amaliyoti joriy etiladi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab:

- talabalar tomonidan qo‘shimcha pullik ta’lim, konsalting va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati hamda talabalar mehnat faoliyatini tashkil etish uchun OTM bino va inshootlari shuningdek, sport inshootlari, madaniyat saroylarini dars mashg‘ulotlardan tashqari paytlarda va talabalar turar joylarining bo‘sh turgan hududlarini «nol» qiymatda ijaraga berish;

- talabalarning o‘qish davomida o‘z yo‘nalishi va mutaxassisliklariga mos soha va tarmoqlarda mehnat faoliyati olib borganligini hisoblash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, «Sport faoliyati», «Jismoniy madaniyat» bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi ikkinchi kursdan yuqori talabalarni Talaba-sport klublariga ishga rasmiylashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari sport inshootlarida sport to‘garaklari ochish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, OTMlardagi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limlari negizida keng tarmoqli «Karera markazlari» tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring