Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tallinda bittadan oltin va bronza, 3 kumush medal qo‘lga kiritildi

Tallinda bittadan oltin va bronza, 3 kumush medal qo‘lga kiritildi

3-6 oktyabr kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yo‘nalishida CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning eng kuchli chavandozlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasining vakillari ham ishtirok etishdi.

Musobaqada sportchilarimiz ham yuqori natijalarni ko‘rsatishdi.

Bahslarning dastlabki kuni to‘siq balandligi 140 sm bo‘lgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev Otto van de Achterhoek laqabli otda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Matts V.G laqabli oti bilan Bekzod Qurbonov yakunlab berdi. 135 sm masofaga bellashuvlarda Bahromjon Gaziyev bilan 5-o‘rin bilan kifoyalandi.

5 oktyabr kungi chiqishda sportchilarimiz medallar jamg‘armasini ikkita kumush medal bilan to‘ldirishdi. Bekzod Qurbonov «6 to‘siq» yo‘nalishida, Abdurahmon Abdullayev esa 145 sm.lik marshrutda sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Bir necha soniyalik farq bilan chavandozlarimiz yevropalik raqiblariga imkoniyatni boy berdilar.

Musobaqaning so‘nggi kuni o‘tkazilgan to‘siqlar balandligi 150 sm bo‘lgan Gran-pri bahslarida Abdurahmon Abdullayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring