Tamaki chekishdan qutilishning oddiy yo‘li topildi
Doimiy sayr qilish tamaki chekishni tashlashga yordam beradi. Insbruk universiteti (Avstriya) olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar kuniga kamida 10 ta sigaret chekadigan va tadqiqotdan 10 soat oldin chekmagan 16 kishini tekshirishdi. Ular uch guruhga bo‘lingan.
Birinchisida ko‘ngillilar o‘n daqiqalik tez piyoda yurishdi, ikkinchisida ular yopiq yugurish yo‘lakchasida mashq qilishdi, uchinchisida esa hech narsa qilishmadi. Tamaki iste’moli, alomatlari va kayfiyat haqida treningdan oldin, mashg‘ulot paytida va keyin so‘rov o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy faollik sabab ikkita guruhda ham chekishga ishtiyoq kamaygan. Bundan tashqari, ochiq havoda bo‘lganlarga uyda o‘tirganlarga qaraganda sigaret kamroq kerak bo‘lgan.
Olimlarning fikricha, jismoniy faollik ushbu yomon odatdan voz kechishning eng oson va eng qulay usuli hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter