Tarixiy yodgorlikni buzganlar 208 milliard so‘mlik zarar keltirdi
Surxondaryoda issiqxona qurish uchun tarixiy yodgorlikni buzilishi ortidan 208 milliard so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid «Qorabog‘tepa-1» arxeologik yodgorligining 585 m3 maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid «Hayvontepa» arxeologiya yodgorligining 3500 m3 maydoni «M.I.S» xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter