Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

Illyustrativ foto

«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, «Tashabbusli budjet» jarayonlarining joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahallalar soniga nisbatan 21 foiz) g‘olib deb topilgan. Bunda, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, 2024-yilgi 2-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026 yilgi 1-mavsumda tanaffus beriladi.

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati*.

*G‘oliblar ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda «Ochiq budjet» portalida e’lon qilib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring