Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayger Vudsni dog‘da qoldirgan tadbirkor

Tayger Vudsni dog‘da qoldirgan tadbirkor

Foto: «Assosiated Press»

Golf afsonasi, Mayor turnirlarining 15 karra g‘olibi, amerikalik Tayger Vudsning golf tayoqlari (klyushkalari) jamlanmasi 5,15 mln dollarga sotildi.

Tayger Vuds jahon golfida sanoqsiz rekordlari bilan nom qoldirgan, moliyaviy rekordlari-ku alohida mavzu: faqat golf o‘ynab 1 mlrd dollar ishlash — hammagamas.

Vudsning tayoqlari amerikalik golfchi Xorton Smitning bir paytlar 682 ming dollarga sotilgan yashil pidjagidan 7,5 baravar qimmatga ketdi.

Biroq bu bilan Tayger Vudsning millionlari ko‘payib qolgani yo‘q. Shunchaki uning nomi «sotildi», xolos.

Gap shundaki, Vudsning 2000 va 2001-yillardagi katta g‘alabalarini ta’minlagani taxmin qilinayotgan ushbu tayoqlarni 2010-yilda xyustonlik Todd Brok ismli tadbirkor 57 ming dollar evaziga kimoshdida qo‘lga kiritgan ekan. Oradan 12 yil o‘tib 90 baravar qimmatiga — 5 mln 156 ming 162 dollarga sotdi — bunaqa aniq nishon hatto Tayger Vudsda ham bo‘lmagan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring