Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TVda namoyish qilinayotgan seriallarda xotin-qizlar obrazi juda yuzaki, salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani aytildi

TVda namoyish qilinayotgan seriallarda xotin-qizlar obrazi juda yuzaki, salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani aytildi

Yig‘ilishda bugun telekanallarimizda namoyish qilinayotgan seriallarda xotin-qizlar obrazi juda yuzaki, salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani yurtdoshlarimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aytildi.

Eng achinarlisi, bunday holatlar dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga ibratli xotin-qizlar obrazlari aks ettirilgan yuksak badiiy, kino va sahna asarlari yaratish choralarini ko‘rish, buning uchun ijodkorlarga maqsadli grantlar ajratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Shu o‘rinda, oqila qizlarimizga ko‘nglimdagi bir fikrni aytmoqchiman.

Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ibo-hayo, poklik, sabr, shukronalik, ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targ‘ib qiladigan mobil ilovalar va internet platformalarini yaratish muhim ekani ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring