Temir yo‘l transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra, litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
— mahalliy yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
— xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
— mahalliy yo‘nalishda yuklar tashish;
— xalqaro yo‘nalishda yuklar tashish.
Litsenziya besh yil muddatga beriladi. Ammo talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter