Afg‘onistondagi portlashda bolalar qurbon bo‘ldi

Afg‘oniston g‘arbidagi Faryob viloyatining Shirin Tagob tumanida yo‘l bo‘yiga joylashtirilgan bombaning harakatga keltirilishi oqibatida 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.
Shirin Tagob tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Alining ma’lum qilishicha, tumanning Qo‘h Sayyod qishlog‘ida yo‘l bo‘yiga joylashtirilgan bomba bolalar atrofda o‘yin o‘ynayotgan payti portlab ketgan.
Portlash oqibatida 7 nafar bola halok bo‘lgan, 5 bola yaralangan. Yaralanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
G‘ulom Ali voqeani «Tolibon» jangarilari uyushtirganini ma’lum qildi. Lekin voqeani hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter