Afg‘onistonda portlash: qurbonlar ko‘p

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida bir xudkush o‘zining portlatib yuborishi oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
Afg‘oniston–Pokiston chegarasida joylashgan Nangarhor viloyatining Jalolobod shahrida bir xudkush aholi gavjum joyga kirib o‘zini portlatib yuborgan.
Mahalliy matbuot 22 kishining halok bo‘lganini yozdi. Lekin «Reuters»ga intervyu bergan viloyat mahalliy kengash a’zosi Suxrob Qadariy kamida 45 kishining halok bo‘lganini aytgan.
Afg‘oniston hukumati qurbonlar soni ortishidan tashvishda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter