Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Terminal» filmi bosh qahramonining prototipi aeroportda vafot etdi

«Terminal» filmi bosh qahramonining prototipi aeroportda vafot etdi

Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportida eronlik qochqin Mehron Karimiy Nosiriy vafot etdi. U Stiven Spilberg suratga olgan «Terminal» (2004) filmidagi bosh qahramon (Tom Henks o‘ynagan) prototipi hisoblanadi.

Fransiya poytaxti bosh aeroporti ma’muriyati kecha, shanba kuni o‘zining g‘ayriixtiyoriy mijozi olamdan o‘tganini tasdiqladi. Nosiriy so‘nggi bir necha haftadan buyon aeroportning 2F terminalida yashab kelgan. Aeroport xodimlari uni «Ser Alfred», deb chaqirishgan.

Mehron Karimiy Nosiriy.
Foto: AP

Nosiriy, «Terminal»dagi bosh qahramondan farqli ravishda, tashqi dunyodan butunlay uzilmagandi: Fransiyada yashash huquqi va qochoq maqomiga egaligi bois aeroportni bemalol tark etsa bo‘lardi. Film chiqqanidan so‘ng mualliflardan kelib tushgan pullar tirikchiligiga bemalol yetgan. Premeradan so‘ng «Ser Alfred» 250 ming dollar qalam haqi olgan.

«Terminal» filmidan kadr.

Qolaversa, aeroport xodimlari unga doim yaxshi munosabatda bo‘lishgan, qo‘llaridan kelgunicha yordam ko‘rsatishgan. Nosiriy aeroportni tark etmasligi uning ruhiyatidagi buzilishlar bilan bog‘liq, allaqachon hal bo‘lgan hujjatlari bo‘yicha muammolar unga haliyam davom etayotgandek tuyulavergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring