Termizda mahalla raisining o‘rinbosari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar «D.» MFY raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.S. ushlandi.
U fuqaro X.J.ga Termiz shahar «Guliston» mahallasida qurilgan 2 sotixli 2 xonali arzon hovli uylardan birini tanishlarining yordami bilan olib berganligi evaziga undan 500 AQSh dollari berishni talab qilgan. Talab qilgan pulning ma’lum qismini olayotgan paytda...
Holat yuzasida firibgarlik (JK, 168-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborildi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga bergan ma’lumotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas