Terrorchilarga 2 dollar pul o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga «kesildi»

O‘zbekiston fuqarosi Abduvohid Mirzaboyev 14-mart kuni terrorchilik tashkilotiga moliyaviy yordam berganlikda ayblanib, Novosibirsk sudi tomonidan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rossiyaning «Kommersant» nashri yozdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Mirzaboyev IShIDning ko‘p sonli bo‘linmalaridan biri — «Jamoat at-Tavhid val-Jihod»ga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Abduvohid to‘daning uch nafar a’zosi bilan muntazam yozishma olib borgan.
Tergovning aniqlashicha, ayblanuvchi ularga sinov tariqasida «Kivi-koshelyok» to‘lov tizimi orqali 133 rubl 84 kopeyka (ikki dollar) pul o‘tkazgan.
Shuningdek, sudlanuvchi o‘z atrofidagilarni Suriyaga ketishga targ‘ib qilgani ham aytilgan.
Gumonlanuvchi 2018-yil may oyida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Novosibirsk boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter