Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test imtihonlari bo‘yicha apellyasiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Test imtihonlari bo‘yicha apellyasiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qatnashgan DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovga ko‘ra, appelyasiya ariza yoki shikoyatlarini bu yil onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Tanlovlar to‘liq yakunlangandan so‘ng ariza berish imkoniyatlari yaratiladi.

Oktyabr oyining boshlarida appelyasiya shikoyatlarini qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha materiallar DTMda yig‘ilganligi va ekspertlar ham test markazida jamlanganligini inobatga olib, appelyasiya shikoyatlari test markazida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Appelyasiya jarayonlari to‘liq onlayn tarzda uzatiladi, ya’ni ota-onalar bemalol appelyasiya jarayonlarini onlayn kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Appelyasiyaga bergan abituriyent test sinovlarida yechgan savollar varaqasi bilan o‘zi bevosita ishtirok etadi.

Ta’kidlash lozimki, abituriyentlar appelyasiyada qayta sinovdan o‘tkazilmaydi, ya’ni yangi savollar berilmaydi. test sinovida yechgan savollar kitobida belgilangan javoblar bilan appelyasiya jarayoni ko‘rib chiqiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring