«Tez yordam» mashinasi oynasini sindirib, haydovchiga jarohat yetkazgan shaxsga hukm o‘qildi
Farg‘onaning Quva tumanida «Tez tibbiy yordam» bo‘limi xodimlari tajovuzga uchragani haqida xabar bergan edik.
Unda mazkur holatdan jinoyat hidi ufurib turgan bo‘lsa-da, surishtiruv ishlarini olib borgan Quva tuman IIB mutasaddilari tomonidan Yu. Olimning xatti-harakatlari «ma’muriy ish»ga aylantirilgani, biroq tuman ma’muriy sudida (sudya A. Jumayev) «delo» sinib, prokuraturaga qaytarib yuborilgani alohida ta’kidlangandi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazilib, Yu.Olimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va bu haqdayam o‘quvchilarni o‘z vaqtida boxabar etdik.
Bugun mazkur jinoyati ishi JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Quva tuman sudida mazmunan ko‘rib chiqildi. Sud yakuniga ko‘ra, Yu.Olimga nisbatan uch yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Jazo tayinlashda sudlanuvchi tomonidan yetkazilgan zararlar qoplangani inobatga olindi.
Shungingdek, sudlanuvchiga (jazodan norozi bo‘lgan taqdirda) hukmga nibatan shikoyat berish huquqi va tartibi tushuntirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter