Tezak yoqilgan xonadonda ikki ayol va bir yoshli bola zaharlandi

Joriy yilning 22-noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi S.Sh. (ismli ayol) uyida isinish maqsadida tezak yoqadi. Undan sizib chiqqan is gazidan o‘zi, birga yashovchi bir yoshli o‘g‘li hamda birga yashovchi ovsini zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter