Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezkor xabar: ayol suiqasd qilish uchun elektr ustuniga chiqdi

Tezkor xabar: ayol suiqasd qilish uchun elektr ustuniga chiqdi

Foto: «Stavplus.ru»

16-may kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum ayol yuqori voltli elektr uzatuvchi tarmoq ustuniga chiqib, o‘z hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga shu zahoti ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelishdi. Ko‘rilgan choralar natijasida ayolning hayoti asrab qolindi. Uni yerga tushirib, tibbiyot xodimlari nazorati ostida qilgan ishining sababi haqida savollar berildi. Ayol eri bilan urishib qolgani sababli bu ishni qilganini ma’lum qildi. Er-xotinlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring