Tibbiyot birlashmasida fohishaxona saqlagan ayol ushlandi
Buxoro viloyati IIBning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Shofirkon tumanidagi «Qalmaqon» mahallasi, Qalmoqon qishlog‘ida joylashgan Tibbiyot birlashmasida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lgan olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur birlashmaning tug‘ruq bo‘limida ishlovchi ayol xonalardan birida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan erkak va ayolning ishqiy munosabatda bo‘lishi uchun sharoit yaratib bergan. O‘z shaxsiy manfaati yo‘lida Tibbiyot birlashmadan g‘arazli maqsadda foydalangan ishchi «xizmati» evasiga 200 ming so‘m miqdorida pul olgan.
Holat Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan «foxishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish» tezkor tadbiri davomida aniqlangan.
Ayni paytda ayolning bundan ilgari ham shu ishga aloqador harakatlari o‘rganilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash), 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter