Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tibbiyot universiteti talabasi ham bor» — saksovulni kesish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

«Tibbiyot universiteti talabasi ham bor» — saksovulni kesish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida Peshko‘ tumani cho‘l hududlarida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro F.H. (Buxoro davlat Tibbiyot universiteti talabasi) o‘ziga tegishli bo‘lgan «GAZ-53» rusumli avtomashinasida noqonuniy ravishda jami 52.5 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 20 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini sindirib, kesib olib ketayotgan vaqtda, fuqaro D.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan «UAZ» rusumli avtomashinada Peshko‘ tumani cho‘l hududidan jami 7.3 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 3 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini noqonuniy ravishda sindirib olib ketayotgan vaqtida, shuningdek, fuqaro B.H. o‘ziga tegishli KAMAZ rusumli avtomashinada Peshko‘ tumani cho‘l hududidan jami 89.1 m3 bo‘lgan taxminiy bahosi 34 million so‘mga yaqin saksovul o‘simligini noqonuniy ravishda sindirib, chopib olib ketayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolingan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash hamda daliliy ashyolar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring