Tilla tishlarni o‘g‘irlagan ijarachi qo‘lga tushdi

Qarshi shahar «Aralovul» MFYda yashovchi K.G. 2021-yil 17-iyun kuni o‘z yashash uyi mehmonxonasidagi javon ichida turgan singlisi K.N.ga tegishli bo‘lgan 1 dona ayollar tillo uzugi, 1 juft ayollar tilla sirg‘asi va ikki dona tilla tishlari bo‘lgan «protez»larini mazkur xonadonda ijarada yashab turgan, G‘uzor tumani «Qorako‘l» MFYda yashovchi B.D. yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini aniqlagan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter