Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Time: Tramp Maduroni ushlashdan avval sun’iy intellekt bilan maslahatlashgan

Time: Tramp Maduroni ushlashdan avval sun’iy intellekt bilan maslahatlashgan

Foto: Getty Images

AQSh rahbari Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasini amalga oshirishdan oldin Grok sun’iy intellekt tarmog‘i bilan maslahatlashgan. Bu haqda Time o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Manba Trampning sun’iy intellekt bilan suhbati paytida  ishtirok etgani aytilmoqda.

​Nashrning xabar berishicha, prezidentning sun’iy intellekt bilan suhbati 2025-yil dekabr oyida Oq uyda bo‘lib o‘tgan. Grok yaratuvchisi Ilon Mask o‘sha yerda bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

​Time xabar berishicha, Amerika prezidenti o‘zining turli prezidentlik qarorlarini sun’iy intellekt bilan muhokama qilgan. Yakuniy savol: «Agar venesuelaliklar o‘z prezidenti AQSh tomonidan qo‘lga olinsa, bunga qanday munosabatda bo‘lishadi?» edi. Time manbasiga ko‘ra, Grok Venesuela xalqi «xursand bo‘lishini» aytgan.

​AQSh maxsus kuchlari bo‘linmasi 3 yanvar kuni Nikolas Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olib, mamlakatdan olib chiqib ketdi. AQSh rasmiylari ularni giyohvand moddalar savdosi va terrorizmga aloqadorlikda aybladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring