«Titanik» kemasi qoldiqlari 2030-yilgacha yo‘q bo‘lib ketadi
Afsonaviy «Titanik» kemasi qoldiqlari 2030-yilga kelib butunlay yo‘q bo‘lishi mumkin va afsonaviy paroxoddan hech narsa qolmaydi.
Tadqiqotchilar yaqinda o‘tkazilgan ekspeditsiyadan so‘ng shunday xulosaga kelishdi, deb xabar beradi «MIR 24».
Suv ostidagi suratlar to‘siqlarning butun bir qismi okean tubiga qulab tushganini ko‘rsatdi. Bu kema qismlarini asta-sekin qayta ishlab, yo‘q qilayotgan mikroorganizmlar bilan bog‘liq.
Natijada, kemaning qismlarida stalaktitlar (muzga o‘xshash shakldagi qoldiqlar) hosil bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, kema kutilganidan tezroq yo‘q qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1912-yilda kema Shimoliy Atlantikada aysbergga urilishi natijasida cho‘kib ketgan. Hodisa oqibatida qariyb 1,5 kishi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter