Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston Rossiya bilan muhim harbiy dasturni imzoladi

Tojikiston Rossiya bilan muhim harbiy dasturni imzoladi

Rossiya va Tojikiston o‘rtasida 2030-yilgacha harbiy va harbiy-texnik sohalarda strategik sheriklik dasturini tasdiqlandi.

Ikki davlat mudofaa vazirliklari rahbarlari Moskvada prezidentlar Vladimir Putin va Emomali Rahmon ishtirokida tegishli hujjatlarni almashdilar. 

 “Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov va Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri Emomali Sobirzoda 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy va harbiy-texnik sohalarda strategik sheriklik dasturini tasdiqladi”, — deyiladi ikki delegatsiyaning Kremlda bo‘lib o‘tgan hujjatlarni imzolash marosimida. 

 Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, ikki delegatsiyaning uchrashuvida “Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning yaqin kelajakdagi holati muhokama qilingani va uni rivojlantirish rejalari kelishib olingani” haqida xabar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda aytilgan. 

Emomali Rahmonning Moskvaga tashrifi bugun, 17-mart kuni boshlandi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida hamkasblar savdo, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlikka e’tibor qaratgan holda Rossiya-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring