Tolibon Afg‘oniston hukumati matbuot kotibini o‘ldirdi

«Tolibon» vakillari Afg‘oniston hukumati matbuot kotibi Davu Xon Minapalni o‘ldirdi. Bu haqda jangarilar harakati vakili tomonidan ma’lum qilingan. Afg‘oniston hukumati ham ushbu xabar nitasdiqladi.
«Tolibon» o‘z kuchlariga qarshi havo hujumlarining ortishiga javob tariqasida mamlakatning yuqori mansabdor shaxslariga suiqasd uyushtirishni boshlashi haqida ogohlantirgandi.
«Afsuski, terrorchilar yana qo‘rqoqlik qilishdi», - deydi Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Mirvays Stanekzay.
Qurbon Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining vakili ham bo‘lgan.
Avvalroq, 4 avgust kuni Kobulda sodir bo‘lgan portlashda olti kishi yaralangani haqida xabar qilingan edi. Tolibon javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini, maqsad Afg‘oniston mudofaa vaziri Bismill Xon Muhammadiyni o‘ldirish bo‘lganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter