Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tolibon Afg‘oniston shimolida yana bir viloyatni egallab olganini e’lon qildi

Tolibon Afg‘oniston shimolida yana bir viloyatni egallab olganini e’lon qildi

Tolibon harakati vakillari Afg‘onistonning 34 viloyatidan yana birini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Ayni vaqtda mamlakat shimolidagi Juzjon viloyati Tolibon qo‘l ostiga o‘tgani aytilmoqda.

Afg‘oniston mudofaa vazirligi Juzjon viloyati markazi bo‘lgan Shibirg‘on shahrini ishonchli himoya qilishi to‘g‘risida bayonot bergan edi. Biroq bugun, 7 avgust kuni Tolibon a’zolaridan birining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Shibirg‘on bosib olingani haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi.

Avvalroq, Tolibon harakati tomonidan Nimruz viloyati markazi Zaranj shahri egallab olingani xabar qilingan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar shaharning katta qismini nazorat qilib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring