Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon»ni tanqid qilgan jurnalist qamalib ketdi

«Tolibon»ni tanqid qilgan jurnalist qamalib ketdi

Hirot harbiy sudi afg‘on jurnalisti Xolid Qodirini «Tolibon» harakatini tanqid qilgani uchun 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. 7 may kuni o‘tgan sud hukmi bugun oshkor bo‘lgan.

«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkilotining xabariga ko‘ra, Qodiri Hirotning «Norroz» radiosida ishlagan. Toliblarga qarshi tanqidiy maqolalarini o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilgan.

Oqibatda 17 mart kuni hibsga olingan. Yaqinlariga bir necha kun o‘tib xabar berilgan. Keyinroq jurnalist ishi Hirot harbiy sudiga berilgan. 7 may kuni sud hukm chiqargan.

«Jurnalistning harbiy sudda so‘roq qilinishi Afg‘onistondagi so‘nggi 20 yilda kuzatilgan birinchi holatdir. Sud jarayoni va hukmi noqonuniy bo‘lgan. Qodiri advokat xizmatidan foydalanolmagan va hatto apellyasiya huquqidan voz kechishlikka majburlangan», deyiladi tashkilot xabarida.

Aytilishicha, jurnalist barcha ayblarini va tanqidlarini tan olgan hamda tarmoqdagi postlarini o‘chirib yuborganini aytgan.

Toliblarning hokimiyatga kelishi ortidan Afg‘onistondagi 543 ta OAVdan 231 tasi yopilib ketgan. Ishlovchi jurnalist xodimlar soni 10 mingtadan 4,3 mingtagacha qisqargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring