«To‘qson foizga sog‘aygan» Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Seulda koronavirusga qarshi kurashishdagi cheklovlar qayta tiklanmoqda.
Chunki Koreya Respublikasi poytaxtida koronavirus epidemiyasi qayta uyg‘ondi. Uch kundan buyon mamlakatda yangi holatlar ko‘paymoqda: 27-may — 40, 28-may — 79, bugun — 58 nafar bemor aniqlandi.
Seuldagi muzey va teatrlar yana yopildi. Hukumat aholini masofa saqlashga chorlayapti.
«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish umumiy holati bo‘yicha Janubiy Koreya Osiyoda 17-o‘rinda, jahonda 48-o‘rinda: jami 11 402 ta holat qayd etilgan, bemorlarning 10 363 nafari (90,8 foiz) sog‘aygan, qurbonlar soni — 269 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter