Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt yoshli qizcha barcha kimyoviy elementlarning nomini aytib, jahon rekordini o‘rnatdi

To‘rt yoshli qizcha barcha kimyoviy elementlarning nomini aytib, jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: «The Peninsula Qatar»

Qatarning to‘rt yoshli fuqarosi Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlarning nomini 2 daqiqa 28 soniyada aytib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda «The Peninsula Qatar» gazetasi xabar bermoqda.

Doxada zamonaviy hind maktabi o‘quvchisi Eshal Marva Firos Xon, shuningdek, odam tanasining 55 ta muhim qismi, Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora va Hindistonning 14 ta bosh vaziri nomini qisqa vaqt ichida yoddan aytib berdi.

Qiz Xalqaro Rekordlar kitobiga kiritildi. Ushbu International Book of Records kitobi Ginnesning rekordlar kitobiga o‘xshaydi. Maktab o‘quvchisining yutuqlaridan faxrlanib, bolani xalqaro miqyosda tan olish yo‘lida qo‘llab-quvvatlaganligi uchun o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring