Toshentda alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish davom ettiriladi
Poytaxtda avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil qilish davom ettiriladi.
Bu borada «Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–368-son qarorida belgilab qo‘yildi.
Jumladan:
- Shahrisabz ko‘chasining Amir Temur shoxko‘chasi bilan kesishmasidan Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan 3 kilometr qismi va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yo‘lak tashkil qilgan holda ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Amalga oshirish muddati — 2026 yil sentyabr.
- Amir Temur shohko‘chasining Toshkent halqa aylanma yo‘lidan (Uchqarhamon aylanmasi) Kichik halqa aylanma yo‘ligacha (Shimoliy vokzal) bo‘lgan 11 kilometr qismi va Yangi Sergeli ko‘chasining Choshtepa ko‘chasi bilan kesishmasidan Qipchoq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan 5,5 kilometr qismi hamda ushbu ko‘chalar yo‘lbo‘yi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yo‘lak tashkil qilingan holda ta’mirlash va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Amalga oshirish muddati — 2026 yil noyabr.
- Maxtumquli, Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yunusobod, Lutfiy, Muqimiy, Nurafshon, Qoratosh – Chig‘atoy Darvoza va KHAY – Parkent ko‘chalarining jami 38 kilometr qismi hamda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yo‘lak tashkil qilgan holda ta’mirlash va modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Amalga oshirish muddati — 2026–2029 yillar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter