Toshkent metro parki yangi 14 ta to‘rt vagonli harakat tarkibi bilan to‘ldiriladi

2026 yillar davomida Toshkent metropoliteni parki yangi 14 ta to‘rt vagonli harakat tarkibi bilan to‘ldiriladi va yo‘nalishlarga chiqariladi.
Bu haqda unitar korxona matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yil davomida bosqichma-bosqich ravishda, 41 ta yangi harakat tarkibi olib kelingan. Natijada metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilangan (ungacha metro poyezdlari parkida mavjud harakat tarkiblar soni 36 tani tashkil etgan).
«Ushbu keltirilgan yangi turdagi poyezdlar barcha zamon talablari asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yozning jaziramasida maxsus sovutish va sovuq kunlarda o‘zining isitish kabi ko‘plab qulayliklariga ega», – deyiladi korxona axborotida.
O‘z navbatida, oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten vagonlarida havoning issiqligi yuzasidan yo‘lovchilar tomonidan shikoyatlar ko‘paygan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu murojaatlarda ta’kidlangan harakat tarkibi ko‘p yillik foydalanilayotgan eski turdagi harakat tarkibi bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus sovutish tizimi mavjud bo‘lmagan holda ishlangan va bu turdagi qurilma bilan jihozlash imkonsiz.
Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida esa, yuqorida ta’kidlanganidek, yangi harakat tarkiblari haridi yo‘lga qo‘yilgan.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter