Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar prokurori uyma-uy yurishni o‘zi boshlab berdi (foto)

Toshkent shahar prokurori uyma-uy yurishni o‘zi boshlab berdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq 270 nafar kishidan iborat 16 ta guruh poytaxt aholisi muammolarini o‘rganish va uni bartaraf etish uchun uyma-uy yurishni boshlagani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi Sherzod Obloqulov tomonidan shahardagi Asalobod 2-mavzesi 10-uy 19-xonadonda yashovchi fuqaro V.Rojkovaning uyiga borilib, ko‘rsatilgan yordam natijasida uning farzandi A.Rojkova ta’limga qaytarilib, Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan ingliz tili va sportning taekvondo sport to‘garagiga bepul qatnashishga yo‘llanma berildi. Shuningdek, ushbu oila ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.

Foto: «Xabar.uz»

Shahardagi 52-sonli yordamchi maktabning 6-sinf o‘quvchisi, nogiron va uyida yakka tartibda ta’lim olayotgan D.Ahmedovning uyiga borilib, uning sharoiti o‘rganildi. O‘quvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli dori-darmon vositalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlandi. Oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari E.U.Inomjonov tomonidan shahardagi Tuzel-1 dahasi 30-uy 9-xonadonda yashovchi fuqaro S.Dadaboyevaning uyiga borildi. Voyaga yetmagan I.Qurbonovga Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan sportning voleybol sport to‘garagiga bepul qatnashishga yo‘llanma berildi. Uyda ta’lim olishi uchun tegishli o‘quv qurollari bilan ta’minlanib, oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, shahardagi B.Hiloliy ko‘chasi 54-uyda yashovchi fuqaro I.Tanitsoyning uyiga borilib, oila muammosi o‘rganilib, xonadon egasi ishga joylashtirildi. Fuqaroning pasport muammosi hal qilinib, uning balog‘atga yetmagan farzandi Ye.Tanitsoy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirildi, oila ijtimoiy muhofazaga olindi.

Foto: «Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring