Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri aholisiga ogohlantiruvchi xabar yo‘llandi

Toshkent shahri aholisiga ogohlantiruvchi xabar yo‘llandi

Foto: Xabar.uz

8-sentyabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida 93-mavsumning ochilishi munosabati bilan ochiq osmon ostida «Kuz zari og‘ushida Katta Musiqa» konserti bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan 8-sentyabr kuni soat 10:00 dan 00:00gacha shahrimizdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi:

— Buyuk Turon ko‘chasi Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;

— Buxoro ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi Toshkent shahar hokimligi rasmiy kanalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring