Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri va viloyatida infeksiya yuqtirganlar qayd etildi

Toshkent shahri va viloyatida infeksiya yuqtirganlar qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 27-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 338 (+143) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida hamda 18 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G‘.H. (erkak) hamda Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 37 116 nafarga (92 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 925 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring