«Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va muhandisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
«Toshkent suv ta’minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i I.Sh. filialning yetakchi muhandisi F.K. bilan oldindan til biriktirib, «F.L.» MChJ ta’sischisi E.dan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani bazaga kiritmaslik evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini F.K. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter