Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Zulfanov Anvar Zikireyevich tayinlandi.

A. Zulfanov 1982 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2007 yil Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslardan soliq va to‘lovlarni budjetga tushushini nazorat va taxlil qilish sho‘basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, sho‘ba boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A. Zulfanov ushbu vazifaga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Ibragimov Akbarxon Akramxonovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Ibragimov 1984 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2005 yili O‘zbekiston Milliy universiteti, 2009 yili Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2006 yil Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi Inkassatsiya ishlarini tashkil etish sho‘’basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

A.Ibragimov ushbu vazifaga tayinlangunga qadar, Toshkent shahar Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring