Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida oltita mashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

Toshkent viloyatida oltita mashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB izoh bergan. 

Ushbu holat bugun, 23-iyun kuni soat taxminan 13:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumani xududidan o‘tgan «Olmaliq-Toshkent» avtomobil yo‘lining 13-kilometrida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Captiva, Lada Largus, Nexia 3, Shinerfly (mikroavtobus), Damas va Howo rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan vaqtlarida oldinma-ketin urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Ushbu to‘qnashuv natijasida Nexia 3 rusumli transport vositasi yo‘lovchisi T.G.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, deyiladi xabarda.

Boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘indan hosil bo‘lgan qora tutun haydovchilarni boshqa avtoulovlarni ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring