Toshkent viloyatida uchta uy yonib ketdi
![Toshkent viloyatida uchta uy yonib ketdi](http://static.xabar.uz/crop/1/8/720_460_95_1812579324.jpg)
Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.
Bugun, 30 may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani «Abdurahmonov» MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv.m maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter