Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidan ishga qatnaydiganlar postlardan qanday o‘tadi? IIV izoh berdi

Toshkent viloyatidan ishga qatnaydiganlar postlardan qanday o‘tadi? IIV izoh berdi

Foto: «Kommersant.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov Toshkent viloyatidan ishga qatnaydiganlar haqida bayonot berdi.

Unga ko‘ra, o‘rnatilgan taqiqlar faqat avtobus, avtomobil, aviatashuv va temir yo‘l transportiga aloqador bo‘lib, Toshkent viloyati tumanlaridan ishga qatnovchilar yoki poytaxtdan biror yumush bilan Toshkent viloyatiga yo‘lga chiquvchilar postlardan avtomobilsiz o‘tishlari mumkin.

Ushbu taqiqlar odamlarning ishga va uyga qatnashiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring